Samarqand viloyat hududiy filiali
akkreditatsiya sertifikati
Bizning muassasa sog'liqni saqlash sohasida sifat bo'yicha akkredittatsiya markazining Xalqaro standartlariga muvofiqlik sertifikatini qo'lga kiritdi. Ushbu e'tirof, filialda ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar Xalqaro standartlarga javob berishidan dalolat bo'lib, bu yerda yangi diagnostika va davolash usullarini yo'lga qo'yish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, chet eldan keladigan bemorlar ham davolanishi uchun xalqaro talablarga javob beradigan muassasalarni tanlaydilar. Shuningdek, Xalqaro akkreditatsiya markazga investorlar va strategik hamkorlarni jalb qilish imkonini oshiradi.
No Code Website Builder